Shols: Germaniya qurollari Rossiyani o‘qqa tutish uchun ishlatilmasligi kerak
Ukraina Rossiya hududini o‘qqa tutish uchun Germaniya tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanmasligi kerak, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols.
Reuters xabariga ko‘ra, Bendorfdagi (Reynland-Pfals federal yeri) ommaviy muloqotda so‘zga chiqib, u xuddi shunday talablar Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlovchi boshqa G‘arb davlatlari tomonidan ham bildirilganini ta’kidladi.
Sholsga ko‘ra, Kiyevga barcha zarur yordam ko‘rsatilishi kerak, biroq ayni paytda Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lmasligi uchun hamma narsani qilish kerak.
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina avgust oyidan boshlab Germaniya tomonidan yetkazib beriladigan Gepard o‘ziyurar artilleriya majmualari uchun o‘q-dorilarni olishni kutishi mumkin.
Hozir ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, ammo bu biroz vaqt talab etadi, dedi Shols.
Mavzuga oid
08:28 / 09.11.2024
Robert Habek Germaniya kanslerligiga nomzod bo‘lishi mumkin
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
21:31 / 06.11.2024
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024