Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 may kuni aksariyat hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 4 may, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+11 daraja, kunduzi +23...+25 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025