Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Berlindagi mashhur Muzeylar orolida bo‘ldi
Shuningdek, u Jyeyms Simon galereyasida O‘zbekiston tarixiga oid ko‘rgazma haqida xabar berdi.
Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Germaniya poytaxtidagi mashhur Muzeylar orolida bo‘ldi.

«Kuni kecha Berlindagi mashhur Muzeylar orolida bo‘lib, ushbu noyob majmua muzeylarida taqdim etilayotgan jahon tarixi va san’atiga oid eksponatlar bilan tanishdim», deb yozdi u.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Berlindagi Jyeyms Simon galereyasida «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha» ko‘rgazmasi ochilishini ma’lum qildi.

«Mazkur ko‘rgazma jahon hamjamiyatining mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishining yorqin namunasidir», deb yozdi u.



Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025