Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Haaga sudiga tashrif buyuradi
Haaga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Niderlandiyaga e’lon qilinmagan tashrif bilan uchib kelganini tasdiqladi.
Zelenskiy, boshqa narsalar qatorida, Xalqaro jinoiy sudga (XJS) tashrif buyuradi, deb xabar berdi sud qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqlamasdan.
Mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan edi.
XJS uni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Kreml Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini eslatib, XJS qarorini «g‘azablantiradigan» deb atadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi orderning «muhim emas»ligini ma’lum qildi. Putinning o‘zi XJS qaroriga izoh bermadi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Putin ustidan sud bo‘ladigan bo‘lsa, XJS shtab-kvartirasiga raketa hujumi uyushtirish bilan tahdid qildi.
«Haaga sudi binosi Shimoliy dengizdagi Rossiya kemasidan gipertovushli tashuvchi yordamida maqsadli nishonga olinishini tasavvur qilish mumkin. Shunday ekan, sudyalar, osmonga diqqat bilan qaranglar», deb yozadi Medvedev. Putinni order bilan hibsga olishga har qanday urinish Rossiyaga urush e’lon qilish bo‘ladi, dedi u.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025