Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzordagi bog‘cha rahbari lavozimidan ozod qilindi
Uning 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimidan ozod qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bildirishicha, bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun lavozimidan ozod qilindi.
«Direktor bog‘cha hududiga begona shaxsning kirishiga yo‘l qo‘yib bergani, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani, ichki mehnat tartib-qoidalarini buzgani va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi», — deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq mazkur bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar tarbiyalanuvchi qizchaga ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilganlikda gumonlanayotgani hamda Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani ma’lum qilingandi.
Maktabgacha ta’lim agentligi ushbu holat nazoratga olingani, sudga oid tibbiyot va psixologik ekspertizalari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildirgandi. Bosh prokuratura ham holat qat’iy nazoratga olinganini qayd etgandi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025