Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi
Qarshi-Shahrisabz avtomobil yo‘lida Ravon-3 va Nexia-2 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa 2023 yil 5 may kuni soat 13:30 larda davlat ahamiyatidagi 4R-79 “Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 12 kilometrida sodir bo‘lgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qarshi tumani “Xonobod” MFY hududida haydovchi Ravon-3 mashinasini Shahrisabz-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan, Nexia-2 mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Nexia-2 mashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bo‘lgan. Bir nafar yo‘lovchi va Ravon-3 haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025