Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 25 ming dollar evaziga AQShga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “L.” MChJ rahbari M.U. va boshqalar fuqaro Z.S.ni tanishlari yordamida rasmiy viza hujjatlarisiz Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natish evaziga 25 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025