Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan yerosti baliq yetishtirish sexi topildi
Toshkent viloyatida yerosti baliq yetishtirish sexi topildi. Bu haqda "Hududgazta’minot" matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Hududgaz Toshkent" gaz ta’minoti filiali xodimlari Zangiota tumani “Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish obektining gaz ta’minoti tizimini o‘rganib chiqqan.
Jarayonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining binosida baliqlarni yetishtirish uchun sun’iy suv havzalari (hovuzlar) qurilganligi aniqlandi.
Xabarda aytilishicha, ushbu hovuzlardagi suvni isitish uchun isitish tizimi o‘tkazilganligi va tabiiy gaz noqonuniy ravishda ishlatilgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan va 756 million so‘mlik gaz hajmlari dastlabki hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar Toshkent viloyat prokuraturasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
10:51 / 22.02.2025