Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
Shu yilning 14 may kuni Toshkent shahrida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab harbiy-vatanparvarlik ruhidagi «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Musobaqa O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – «O‘zbekneftgaz» tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida tashkil qilinmoqda.
Turnirning start-finish nuqtasi «Humo arena» majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi. Musobaqa dasturi ham kengaytirildi va unga 3 ta masofa qo‘shildi: yarim marafon – 21,1 km, chorak marafon - 10,5 km va 3 kmga yugurish. Poygalarga 07:00 da start beriladi.
«Men g‘olib» kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi.
Mavzuga oid
12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
11:42 / 17.11.2023
Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
10:20 / 15.11.2023