Sport | 12:29 / 09.05.2023
28897
1 daqiqa o‘qiladi

Diyora Keldiyorova - O‘zbekiston tarixida JChda medal qo‘lga kiritgan ilk ayol dzyudochi

Dohada o‘tkazilayotgan 36-jahon chempionatining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston uchun omadli keldi. 

-52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib borib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionati medalini qo‘lga kiritgan ilk ayol dzyudochiga aylandi. Keldiyorova jahon chempionatining kumush medali bilan birga qimmatli 1400 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi. 

Diyora hal qiluvchi final bellashuvida amaldagi Olimpiada va jahon chempioni, yaponiyalik Uta Abega imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mavzuga oid