Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochyapti
Ar-Riyodga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Damashqdagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati “umumiy arab yondashuvi”ni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uning asosiy vazifasi “qo‘shma arab yondashuvi”ni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi, deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligining 9 may, seshanba kuni SPA davlat axborot agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotida.
Avvalroq, 7 may kuni Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Suriyada prezident Bashar rejimi tomonidan demokratik norozilik namoyishlarining keskin bostirilishi tufayli 2011 yil noyabrida to‘xtatilgan Suriyaning ushbu tashkilotdagi a’zoligini qayta tiklash qarorini qo‘llab-quvvatlagan edi. Namoyishlar bostirilgach, mamlakatda boshlangan mojaroda shu kungacha 500 ming kishi halok bo‘ldi. Millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab ketdi, Suriya infratuzilmasi va sanoati jiddiy zarar ko‘rdi.
Ar-Riyod Damashq bilan diplomatik aloqalarni 2012 yilda uzgan. Shundan so‘ng Saudiya Arabistoni ochiqdan ochiq Asad rejimini ag‘darish tarafdori bo‘lib, fuqarolar urushi fonida suriyalik isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi.
Saudiya Arabistoni Damashqdagi diplomatik missiyasi qayta tiklangani haqida e’lon qilishidan bir necha soat oldin Turkiya TIV 10 may kuni Rossiya poytaxtida Moskva, Damashq, Anqara va Tehronning yuqori darajali diplomatlari yig‘ilishini e’lon qildi. Muzokaralar mavzusi "Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha fikr almashish", shuningdek, hozirda Turkiyada bo‘lgan 3,7 million suriyalik qochqinning o‘z vataniga "ixtiyoriy ravishda qaytishi" bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025