Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagada O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi
Kecha TIVda Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Andre Karstens o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Niderlandiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Andre Karstens so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarishlar va barcha jabhalarda jadal rivojlanish sur’atlarini ijobiy baholadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilda Haaga shahrida ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va aloqalarni yuqori darajada faollashtirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025