O‘zbekiston | 12:58 / 13.05.2023
14619
2 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida maqom eshittiriladi

Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy saviyasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilyapti.

Ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tavsiya etilgan asarlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

  • ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yo‘lga qo‘yish;
  • zarur bo‘lganda, korxonada milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar eshittirib borilishi uchun radiouzel tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari muassislari bilan hamkorlikda ishlarni olib boradi.

Madaniyat va turizm vazirligi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda:

  • ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladigan, qaror ilovasiga muvofiq tavsiya etilgan asarlar ro‘yxatidan iborat musiqiy albom tayyorlaydi (mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda) hamda ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
  • nomoddiy madaniy merosning noyob elementlari bo‘lgan baxshichilik, maqom va askiya san’ati namunalaridan iborat madaniy tadbirlar dasturlarini tayyorlaydi va ishlab chiqarish korxonalarida namoyish etilishini ta’minlaydi;
  • har oyning yigirmanchi sanasiga qadar ishlab chiqarish korxonalariga ular joylashgan hududda kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari haqida ma’lumot berib boradi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid