Jahon | 14:16 / 13.05.2023
10376
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rimga tashrif buyurdi

Zelenskiyning Italiyaga tashrifi dasturidan ushbu mamlakat prezidenti Serjio Mattarella, bosh vazir Jorja Meloni va Rim papasi Fransisk bilan uchrashuv o‘rin olgan.

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 13 may, shanba kuni Rimga bordi. Ukraina rahbarining tashrifi kun tartibidan Italiya prezidenti Serjio Mattarella, bosh vazir Jorja Meloni va Rim papasi Fransisk bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Meloni fevral oyida Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan edi. Pontifik esa Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush munosabati bilan "tinchlikni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlardan" foydalanish niyatida ekanligini bir necha bor ta’kidladi.

Rimda Volodimir Zelenskiy va mezbon rasmiylar o‘rtasida qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi hozircha ma’lum emas.

Avvalroq Ukraina prezidenti Italiyadan Germaniyaga borishi xabar qilingandi. 14 may, yakshanba kuni u Berlinda federal kansler Olaf Shols va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashishi va shu kuni Axen shahrida Ukraina xalqi nomidan Karl mukofotini olishi rejalashtirilgan.

Biroq, Zelenskiyning Germaniyaga urush boshlanganidan beri birinchi bor safari tafsilotlari sizdirilishi sababli, bu tashrif bekor qilinishi mumkin.

Mavzuga oid