Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakolatxonasi «NATOga sherik davlatlar kuni» tadbirida ishtirok etdi
12 may kuni Belgiyaning Mons shahrida NATO Yevropadagi qo‘shma qo‘mondonligi qarorgohida tashkilotga a’zo davlatlar va sherik mamlakatlar vakillari ishtirokida «NATOga sherik davlatlar kuni» tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirdan maqsad – NATOga a’zo va sherik davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va taomlarini namoyish etish orqali o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Ushbu anjuman NATOning asosiy madaniy tadbirlaridan biri bo‘lib, 2005 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi.
Joriy tadbirda 30 dan ortiq NATOga a’zo va unga sherik davlatlarning 200 dan ortiq vakillari, shuningdek, Tashkilot bosh qarorgohi hamda uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari qatnashishdi.
O‘zbekiston vakolatxonasi vakillari o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari, milliy an’ana va qadriyatlarini, shuningdek, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi dinamikasi yuqori baholandi, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining tashkilot tadbirlarida ishtiroki miqdoriy va sifat jihatidan o‘sib borayotgani e’tiborga loyiqligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025