Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot banki a’zosi bo‘lishi mumkin
Bank Yevrosiyo mintaqasi mamlakatlarida iqtisodiyotni, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga (YeTB) qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi taraqqiyot institutlari assotsiatsiyasi (ADFIAP) a’zolari – investorlar konferensiyasi chog‘ida tashkilot rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeTB va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda va ko‘plab pozitsiyalar bo‘yicha yaqinlashuv kuzatilgan. Shu sababli, hozirgi vaqtda O‘zbekiston bankka qo‘shilish uchun eng real nomzoddir.
Yevrosiyo taraqqiyot banki (Eurasian Development Bank, EDB) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, Yevrosiyo mintaqasi mamlakatlarida iqtisodiyotni, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini amalga oshiradi. 2006 yilda tashkil etilgan, ustav kapitali 7 mlrd dollarga teng. Bankning shtab-kvartirasi Olma-Ota shahrida (Qozog‘iston) joylashgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg, Ostona, Bishkek, Dushanbe, Yerevan, Minsk, Moskvada vakolatxonalari mavjud.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025