Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatda ogohlantirish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshiradi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida Digitex kompaniyasi vitse-prezidenti Leonid Biletskiy bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Polsha tomoni joriy yil 27-28 aprel kunlari mamlakat poytaxtida o‘tkazilgan 2-Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etilgani hamda hamkorlik bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun dipmissiyaga minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekistonda bunday keng qamrovli sarmoyaviy anjumanning uyushtirilishi Polsha tomoni uchun quvonarli hol bo‘lganini qayd etdi.
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi. Jumladan, kompaniya vitse-prezidenti ogohlantirish tizimiga ehtiyoj bo‘lgan obektlar uchun bevosita mas’ul bo‘lgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan hamkorlikda tajriba loyihalarini amalga oshirish taklifini ilgari surdi.
Polsha tomoni kompaniya uskunalari va yechimlarini taqdim etish hamda tajriba loyihasini amalga oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan videomuloqot o‘tkazishni rejalashtirilayotganini ma’lum qilgani holda bu borada elchixonadan tegishli ko‘mak ko‘rsatilishini so‘radi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 38 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Digitex kompaniyasi aholini ogohlantirish signallari tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025