O‘zbekiston | 08:54 / 16.05.2023
21313
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uzum ekotizimi kafe, restoran va do‘konlardan Uzum Tezkor yetkazib berish servisini ishga tushirdi

Foto: Uzum Tezkor

Uzum Tezkor kafe va restoranlardan taom yetkazib berish servisi sinov tariqasida ishga tushirildi. Sinov davrida Uzum tezkor bepul yetkazib berish xizmati Toshkentning ayrim tumanlarida amal qiladi, sinovdan so‘ng esa xizmat butun shaharni qamrab oladi. Foydalanuvchilar servisning veb-saytida yetkazib berishning amaldagi qamrov hududi bilan tanishishlari mumkin https://uzumtezkor.uz/#locations

Yangi ilova foydalanuvchilarga sevimli oshxonalaridan taomni tez va qulay buyurtirish va ekotizimning boshqa servislaridan qo‘shimcha bonusga ega bo‘lish imkonini yaratsa, restoran biznesiga Uzum ilgarilatish va logistika vositalaridan foydalanib, yangi mijozlarni jalb qilishda yordam beradi.

Yetkazib berishning tezligi va sifati – Uzum Tezkor servisi faoliyatining asosiy tamoyili. Platforma yo‘nalish va yo‘lga ketadigan vaqtning optimal variantini hisoblashning algoritmidan foydalanadi, shu sababli hozirning o‘zida buyurtmani olish vaqti 28 daqiqani tashkil qilmoqda. Shuningdek, kompaniya yaqinda o‘zining kurerlarni tayyorlash markazini ochdi, u yerda ishga chiqishdan oldin majburiy attestatsiyadan o‘tiladi. Bunday yondashuv xizmat ko‘rsatish darajasini sezilarli oshirish, yetkazib berish vaqtini qisqartirish va tayyor taomlarning butligi va urinmay borishini ta’minlash imkonini beradi.

App Store yoki Google Play’dan ilovani yuklab olib, bugunoq ilk buyurtmani berish mumkin. Tanlovda milliy taomlar kafelaridan, fast-fud va yirik tarmoqli restoranlardan yuzlab taomlar mavjud. Taqdim etilgan muassasalar orasida Toshkentning aholisiga yaxshi tanish Bon!, Yaponamama, Dodo Pizza, Oqtepa Lavash, Wendy's, Chef Burger, Aksu va boshqalar mavjud. Servisga ulangan hamkor muassasalar ro‘yxati tobora kengaytirilmoqda.

Ilova buyurtma maqomi va yetkazib berish vaqtini kuzatib borish imkonini beradi. Savollar tug‘ilganda mijozlar qo‘llab-quvvatlash xizmatiga o‘zbek va rus tillarida telegram-bot orqali murojaat qilishlari mumkin. Qo‘ng‘iroqlar va qayta aloqa uchun kol-markaz ochilgan, u dam olish kunlarisiz ishlaydi.

“Biz uchun mamlakat aholisiga turli maishiy masalalarni hal qilish uchun qulay servisni taqdim etish, shu bilan birga kichik va o‘rta biznesga Uzum ekotizimi afzalliklaridan foydalangan holda o‘sish imkoniyatini taqdim etish muhim. Biz O‘zbekiston yetkazib berish bozorida katta salohiyatni ko‘ryapmiz va Uzum Tezkor uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligidan mamnunmiz. Vazifamiz – kafe va restoranlardan yetkazib berishni tezkor, qulay va hamyonbop qilish, toki foydalanuvchilarimiz ortiqcha sa’y-harakatlarsiz sevimli oshxonalarining taomlaridan lazzatlansinlar, shuningdek uydan yoki ofisdan chiqmay, nimadir yangi narsa tatib ko‘rsinlar”, qayd etadi kompaniya boshqaruvchi direktori Dmitriy Benzoruk.

Yil oxiriga borib Uzum Tezkor butun mamlakatdan 1000 dan ziyod hamkorni jalb qilishni, shuningdek, restoran taomlari yoniga do‘konlardan oziq-ovqat va boshqa tovarlarni ham qo‘shib, servis geografiyasi va assortimentini kengaytirishni rejalashtirgan.

Reklama

Mavzuga oid