Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan qariyb 1 tonna kelib chiqishi noma’lum go‘sht to‘xtatib qolindi
Haydovchi 929 kg yaroqsiz go‘shtni Cobalt mashinasining saloni va yukxonasiga ortib ketayotganda to‘xtatilgan.
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari chegarasida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida qariyb bir tonna yaroqsiz go‘sht ortib ketayotgan Cobalt to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 10 may kuni soat 18:10 larda Qashqadaryo viloyati IIB JXX PPX, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin bo‘linmasi va YHXB xodimlari “Umakay” muntazam YPX maskanida Qarshi - Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan Cobalt mashinasini to‘xtatgan.
Ko‘kdala tumanida yashovchi fuqaro X.I. boshqaruvida bo‘lgan mashina saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda tegishli veterinariya hujjatlarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Surishtiruv davomida mashinada 929 kg go‘sht borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Go‘shtning sifatini aniqlash maqsadida, Qashqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazilganda iste’molga yaroqsizligi aniqlangan va tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025