Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruvchilar kengashi 32-yillik yig‘ilishi ikkinchi kunida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida 300 million dollarlik elektr energiyasi bo‘yicha moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.
XMKning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlyomer hujjatni imzolash marosimidan so‘ng «Dunyo»ga intervyu berdi:
- Biz O‘zbekiston hukumati bilan juda yaqin va samarali hamkorlik qilmoqdamiz. Hamkorligimiz natijasida xususiy sektor bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab kompaniyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda va moliyalashtirilmoqda. Tuzilmamiz va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning aniq namunasi sifatida imzolangan hujjatni qayd etaman. Unga ko‘ra XMK mamlakat hukumatiga energiya taqsimoti sohasidagi muammolarni hal qilishda boshqaruv va tahlil qilishda yordam beradi.
Shuningdek, biz O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda ushbu sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Mavzuga oid
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin
13:44 / 18.02.2025