Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maqsadlarini yana bir bor tasdiqladi
G7 yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlariga qaramay, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maqsadlarini yana bir bor tasdiqladi.
«Katta yettilik» (G7) davlatlari sayyoradagi o‘rtacha haroratning oshishini Tselsiy bo‘yicha 1,5 daraja atrofida ushlab turish uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida. Bu haqda 20 may, shanba kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» yetakchilarining Xiroshimadagi sammiti kommyunikesida aytiladi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi jahon energetika bozori va ta’minot zanjiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatganiga qaramay, G7 davlatlari 2050 yilga borib parnik gazlar tashlamalarini nolga tenglashtirish maqsadidan voz kechmayapti, deyiladi hujjatda.
«Shu nuqtayi nazardan, biz suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotini ko‘paytirish muhim rol o‘ynashini ta’kidlaymiz va ushbu sektorga investitsiyalar joriy inqirozga javoban va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz tanqisligini bartaraf etish uchun mos bo‘lishi mumkinligini tan olamiz», dedi G7 yetakchilari.
G7 yetakchilari 2035 yilgacha o‘z mamlakatlarida sotiladigan barcha avtomobillar elektr yoki uglerodsiz bo‘lishini ta’minlash majburiyatini olgan. «Katta yettilik» bu yilga qadar o‘z mamlakatlarida avtomobillardan chiqadigan zararli gazlarni 50 foizga kamaytirish mumkin, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
10:22 / 23.05.2025
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
00:45 / 22.05.2025