Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Zelenskiy va Bayden Xiroshimadagi G7 sammitida uchrashadi
Volodimir Zelenskiy Xiroshimadagi G7 sammitida shaxsan ishtirok etadi va u yerda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak umummilliy telemarafon efirida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Zelenskiy va Bayden xalqaro qiruvchi samolyotlar koalitsiyasini tuzish va “ko‘plab boshqa masalalarni” muhokama qiladi.
"Bugun biz rasmiy ravishda samolyotlar koalitsiyasini yaratish haqida aytishimiz mumkin va bu Ukrainada yaqin orada osmonimiz, shaharlarimiz va fuqarolarimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bo‘ladi, degani", deya ta’kidlab o‘tdi Yermak.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 sammitida shaxsan ishtirok etish uchun Xiroshimaga uchadi. Bu haqda 19 may kuni Amerikaning ko‘plab ommaviy axborot vositalari, jumladan, The New York Times nashri nomi oshkor etilmagan rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.
Financial Thimes gazetasining yozishicha, Zelenskiy yakshanba kuni Tokioga keladi.
Ma’lumotni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov tasdiqladi. «U yerda juda muhim ishlar hal qilinadi va shuning uchun bizning manfaatlarimizni himoya qilish uchun prezidentimizning mavjudligi mutlaqo zarur», dedi u davlat televideniyesiga bergan intervyusida.
Avvalroq Yaponiya hukumatidagi manbalar Ukraina rahbari G7 yetakchilari uchrashuvida virtual ishtirok etishi haqida xabar bergan edi. Buning uchun sammitga qo‘shimcha sessiya qo‘shildi. Zelenskiyni Kiyevga safari chog‘ida taklif qilgan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida ham u uchrashuvda onlayn tarzda so‘zlashini aytdi.
Zelenskiy o‘tgan hafta Yevropaning bir qator poytaxtlariga tashrif buyurdi va ittifoqchilar bilan Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
19:09 / 19.05.2025