O‘zbekiston | 11:22 / 23.05.2023
4835
2 daqiqa o‘qiladi

Don korxonalaridagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi

Foto: TASS

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident qarori ijrosi doirasida 2023 yilda ommaviy savdolarga chiqariladigan don korxonalaridagi davlat ulushi (davlat aktivi) ommaviy savdolari jarayonlari boshlanganini e’lon qildi.

Bunda, birinchi bosqichda talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat pulining kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi bo‘yicha takliflar alohida beriladi.

Kamida besh yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlash sig‘imlari kamaytirilmaydi. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq to‘lash evaziga saqlab beriladi.

Davlat aktivi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan holatlarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi. Davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid