Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda suv xo‘jaligiga oid loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi Investitsion loyihalarni amalga oshirish markazi vakillari va Malayziyaning Minconsult Sdn. Bhd kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Minconsult Sdn. Bhd vakillari kompaniyaning suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirgan loyihalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida mamlakatda xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan suv xo‘jaligiga oid loyihalarni amalga oshirishda xorij tomonini loyiha konsultanti sifatida jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Minconsult Sdn. Bhdkompaniyasi vakillarining iyun oyida mamlakatga safarini tashkil etish va tashrif doirasida O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.
1962 yilda tashkil etilgan Minconsult Sdn. Bhd kompaniyasining asosiy faoliyat turi injyener-muhandislik bo‘lib, loyiha boshqaruvi, texnik tadqiqotlar, qurilish sohasida konsalting va muhandislik yechimlarini taklif etish hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:42 / 01.05.2025