Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Google'ga faqat isbotlangan yolg‘on kontentni o‘chirish majburiyati yuklandi
Jabrlanuvchi faqat asosli hollarda kontentni olib tashlashni talab qilishga haqli. Qidiruv tizimlari o‘zi surishtiruv o‘tkazishi va jabrlanuvchi bilan bog‘lanishi shart emas, deb qaror qildi Federal sud palatasi.
Google va boshqa qidiruv tizimlari munozarali ma’lumotlarni qidiruv natijalaridan faqat jabrlanuvchi yolg‘on axborot mavjudligini yetarlicha isbotlay olsagina o‘chirib tashlashga haqli, deya qaror qildi Germaniya Federal sud palatasi 23 may, seshanba kuni.
Sud qarorida aytilishicha, operatorlarning o‘zi tegishli surishtiruv o‘tkazishi va jabrlanuvchilar bilan bog‘lanishi shart emas. Shu tariqa, palata Yevropa sudi pozitsiyasiga e’tibor qaratib, o‘z qarorini qabul qildi.
Xususan, moliyaviy xizmatlar sohasida bir nechta da’vogarlarning ishi ko‘rib chiqildi. Ular o‘zlarining investitsiya modeli haqidagi bir qator tanqidiy maqolalarni Google qidiruv natijalaridan chiqarib tashlashga harakat qilishdi. Federal sud palatasi ushbu da’vogarlarning fotosuratlarini kontekstdan tashqari qidiruv natijalaridan olib tashlash talabini asosli deb hisobladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025