Jordi Alba mavsum yakunida «Barselona»ni tark etadi
Jordi Alba mavsum yakunida «Barselona»ni tark etishini rasman e’lon qildi. Klub ham kelishuv o‘zaro bekor qilinayotganini tasdiqladi.

Foto: Getty Images
«Barselona» klubi rasmiy sayti Jorji Alba jamoadagi 11 yillik faoliyatidan keyin mavsum yakunida Kataloniya klubini tark etishini ma’lum qildi. Alba va «Barsa» o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilga qadar imzolangan bo‘lsa-da, shartnomani o‘zaro bekor qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelingan.
💙❤️ GRÀCIES 💙❤️ GRACIAS 💙❤️ THANK YOU 💙❤️ pic.twitter.com/2pARAdY02j
— Jordi Alba (@JordiAlba) May 24, 2023
Ispaniyalik 34 yoshli himoyachi Kataloniya klubida 11 yil faoliyat olib bordi. U kelasi mavsum yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida o‘tadi.
Qayd etilishicha, Alba va Serxio Buskets yakshanba kungi «Malorka»ga qarshi o‘yinda «Kamp Nou»da muxlislar bilan xayrlashadi.
Ma’lumot uchun, Alba 2012 yildan buyon Kataloniya klubida to‘p surib, 5 karra La Liga chempioni, 5 marta Ispaniya kubogi sohibi, 4 karra Ispaniya Superkubogi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u «Barsa» bilan Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCh bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, Buskets va Alba Messi bilan birga yozda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid

10:53 / 01.05.2025
YeChLda yana bir supero‘yin. «Barselona» va «Inter» jami 6 ta gol urishdi

15:45 / 30.04.2025
Bayram kayfiyatidagi «Barsa» muammoli «Inter»ga qarshi. YeChL yarimfinal o‘yini anonsi

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025