Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 3ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi
“Instant Payment Solutions”, “Source to Pay” va “Tapp payment” to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi.
O‘zbekiston Markaziy banki 3ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi.
Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga muvofiq, Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 20 maydagi qarori qabul qilingan.
Qarorga asosan:
- “Instant Payment Solutions” MChJ tashkilot litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;
- “Source to Pay” MChJ o‘z faoliyatini olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turgani;
- “Tapp payment” MChJ faoliyatini litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmagani munosabati bilan, –
– to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qaytarib olingan va to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgan.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025