Jahon | 11:35 / 24.05.2023
8926
1 daqiqa o‘qiladi

OIIB Rog‘un GES qurilishiga 500 mln dollar ajratadi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) tomonidan Tojikiston Respublikasiga 500 mln dollar ajratiladi.

Foto: Asia-Plus

Bu haqda, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyun Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur 500 mln dollarlik mablag‘ Tojikistonda qurilayotgan Rog‘un GES loyihasiga sarflanadi.

Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuvda transport, energetika, kommunal xo‘jaligi, kommunal va shaharsozlik sohalaridagi «yashil infrastruktura»ni rivojlantirishni moliyalashtirish borasidagi kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid