Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar ijtimoiy tarmoqdagi reklamaga korporativ kartadan pul to‘lashi mumkin
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini korporativ valuta kartalari yordamida to‘lash hamda ushbu xarajatlarni soliq va boshqa hisobotlarda aks ettirish tizimini takomillashtirish prezident qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.
1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat beriladi.
Ushbu to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish lozim.
Mavzuga oid
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
08:40 / 26.03.2025