Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamenti Ukrainadagi Golodomorni genotsid deb tan oldi
Buyuk Britaniya jamoatlar palatasi Golodomorning Ukraina xalqi genotsidi sifatida tan olinishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Britaniya parlamenti Golodomorni - Ukrainadagi 1932-1933 yillardagi ocharchilikni - ukrain xalqining genotsidi sifatida tan oldi. Jamoalar palatasi deputatlari 25 may, payshanba kuni bir ovozdan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladilar.
Ovoz berish tashabbuskori bo‘lgan konservativ partiya matbuot kotibi Polin Lethemning aytishicha, bu harakat Rossiya prezidenti Vladimir Putin va butun dunyoga Britaniya parlamenti Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va o‘tmishdagi yoki hozirgi urush jinoyatlariga toqat qilmasligi haqida aniq signal yuborishi kerak.
"Sovet Ittifoqi millionlab ukrainaliklarni majburiy ochlik va deportatsiya siyosati bilan qirib tashladi. Bu Ukrainadagi bugungi voqealarni eslatadi. 1930-yillardagi Stalin siyosati kabi, bugun ham ukrain xalqi va Ukraina o‘ziga xosligini yo‘q qilishga harakat kuzatilmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Lethem.
Ukraina Britaniya parlamentining qarorini olqishladi. Oliy rada raisi Ruslan Stefanchuk hujjat mualliflari Polin Lethem va Styuart Makdonaldga minnatdorchilik bildirdi. “Bu tarixiy adolatni tiklash qarori va dunyoga bunday jinoyatlar hech qachon takrorlanmasligi kerakligi haqida eslatishdir”, dedi u.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025