Jahon | 14:54 / 29.05.2023
6236
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

Foto: RIA Novosti

1990 yil 19 noyabrda NATO davlatlari va Varshava shartnomasiga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan Oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchi davlatlar uchun oddiy qurollar va harbiy texnikalar soni bo‘yicha chegaralarni belgilab bergan. Shartnoma Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1992 yil noyabr oyida kuchga kirgan.

2023 yil 10 mayda Putin shartnomani denonsatsiya qilishni buyurdi. 16 may kuni Davlat dumasi denonsatsiya uchun ovoz berdi, 24 mayda esa qonun Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullandi.

Rossiya 2007 yil iyul oyida Oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatdi. 2015 yil mart oyida Rossiya hukumati shartnoma bo‘yicha qo‘shma maslahat guruhi yig‘ilishlarida ishtirok etishni to‘xtatishini e’lon qildi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid