Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telekommunikatsiya sohasida ayrim faoliyat turlari uchun davlat boji 50 foizga kamaytiriladi
Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasida Senat navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida ko‘rib chiqiladigan masalalar tegishli davlat organlari va tashkilotlar mas’ullari, ekspertlar ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Qo‘mita a’zolari “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni muhokama qildi.
Qonun bilan tele- va radiokanallarga, uyali aloqa virtual operatorlariga o‘z faoliyatlarini amalga oshirganlari uchun to‘laydigan davlat boji miqdorlari kamaytirilib, ularga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan yillik davlat boji miqdori ham kamaytirilmoqda.
Qonun bilan tele- va radiokanallar tomonidan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlar ko‘rsatganligi uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari ilgarigi miqdorlarga nisbatan mos ravishda 50 foizga kamaytirilmoqda.
Ushbu o‘zgartirishlarga asosan endilikda tele- va radiokanallar tomonidan yuqoridagi faoliyat turlari uchun to‘lanadigan davlat bojini yilning har choragi uchun teng miqdorlarda bo‘lgan holda to‘lashga imkoniyat yaratib berilmoqda.
Muhokamalardan so‘ng qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
09:32 / 09.05.2025