Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi saylovda nomzodlarga teng imkoniyat berilmadi – YeXHT
Shuningdek, saylov jarayoni to‘g‘ri tashkil etilganiga va unda haqiqiy siyosiy tashabbuslar bilan chiqqan nomzodlar ishtirok etganiga qaramay, saylovoldi tashviqoti jarayonida nafrat so‘zlariga, kamsituvchi fikrlarga yo‘l qo‘yilgan.
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT, OSCE) kuzatuvchilari Turkiyadagi prezidentlik saylovi bo‘yicha yakuniy hisobotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, saylov jarayoni to‘g‘ri tashkil etilganiga va unda haqiqiy siyosiy tashabbuslar bilan chiqqan nomzodlar ishtirok etganiga qaramay, saylovoldi tashviqoti jarayonida nafrat so‘zlariga, kamsituvchi fikrlarga yo‘l qo‘yilgan.
Turkiya ommaviy axborot vositalari saylovni xolis yoritmadi, mamlakatda so‘z erkinligining cheklanishi amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga boshqa nomzodlarga nisbatan tengsiz imkoniyatlar yaratdi.
Hisobotda qayd etilishicha, barcha nomzodlar saylovoldi tashviqotini o‘tkazishda erkin bo‘lgan. Biroq, ayrim muxolif partiyalarning tarafdorlari tahdid va ta’qiblarga uchragan. Bir vaqtning o‘zida birlashgan muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li ham, Erdo‘g‘an ham bir-birini terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ayblagan.
Bundan tashqari, kuzatuvchilar mamlakat saylov komissiyasi birinchi turda qonunbuzarliklar haqidagi hisobotlarni chop etishni kechiktirganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, birinchi turdan keyin Turkiya muxolifat blogerlari va jurnalistlarini faol ravishda hibsga olish boshlangan. Ko‘pgina telekanallar qonunchilikda belgilangan shartlarga rioya qilmagan, unga ko‘ra nomzodlarga saylovoldi tashviqoti uchun teng imkoniyatlar yaratilishi shart. Bu ham xususiy, ham davlat ommaviy axborot vositalariga tegishli.
28 may kuni Turkiya Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarning 99 foizdan ortig‘ini sanab, Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ovoz berganlarning 52,14 foizi uning nomzodini yoqladi. Birinchi turda nomzodlarning hech biri g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagan edi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
20:52 / 15.05.2025