Jahon | 12:04 / 01.06.2023
5279
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg eng boy rossiyaliklardan biri Abu-Dabida 2 ta kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazganini aniqladi

O‘tgan yili Forbes Rossiya ro‘yxatida yetakchilik qilgan milliarder Vladimir Lisin Abu-Dabida ikkita yangi kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Bloomberg. Kompaniyalar Abu Dhabi Global Market (ADGM) erkin iqtisodiy zonasida ro‘yxatdan o‘tgan. Joriy yil boshida Lisin u yerda to‘rtta yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Ular nima bilan shug‘ullanishi hozircha noma’lum. 

Vladimir Lisin / Foto: Bloomberg

«NLMK»ning asosiy egasi, milliarder Vladimir Lisin Abu-Dabida ikkita kompaniya - Serenity II Holdings va Nebula II Holdings’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb yozadi BAA reyestridan ma’lumotlarni o‘qib chiqqan Bloomberg. Ikkala holatda ham gap SPV - (inglizchada - special purpose vehicle) - ma’lum bir loyiha uchun yaratilgan maxsus maqsadli kompaniyalar haqida ketyapti.

Kompaniyalar Abu Dhabi Global Market (ADGM) erkin iqtisodiy zonasida ro‘yxatdan o‘tgan. Agentlik ta’kidlashicha, joriy yil boshida Lisin ADGM’da to‘rtta yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Kompaniyalar nima bilan shug‘ullanishi hozircha aniq emas, deb yozadi Bloomberg. 

Agentlik bog‘langan Lisin va ADGM vakillari izoh berishdan bosh tortdilar. 

Shu tariqa, Lisin ADGM’da kompaniyalar va ularning filiallarini ochayotgan global «moliyaviy elita»ga qo‘shildi, deb yozadi Bloomberg. Amirliklarda ishbilarmonlarni past soliqlar, yaxshi xalqaro aloqalar va farovon turmush tarzi jalb qiladi. Joriy yilning boshida BAA ADGM’ni 10 barobar kengaytirish va uni dunyodagi eng yirik iqtisodiy zonalardan biriga aylantirishni rejalashtirayotganini bildirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid