Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘ldi. Aholi boshqa joyga ko‘chirilyapti
Toshkent shahrining Chilonzor tumani «Naqqoshlik» MFY, Naqqoshlik ko‘chasi 3a-uyda avariyaviy holat yuzaga keldi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur manzildagi ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘lgan. Holat tuman hokimi boshchiligidagi mas’ullar va FVVning Toshkent shahar va tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgani aytiladi.
«Holat insonlar salomatligi va hayoti xavfsizligiga ta’sir qilishining oldini olish maqsadida fuqarolarni boshqa manzillarga ko‘chirishga qaror qilingan», deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu xonadonlarda yashovchi 104 nafar fuqarodan 41 nafari, ya’ni 15 ta oila boshqa manzillarda istiqomat qiluvchi yaqinlarining xonadonlariga ko‘chib o‘tmoqda. 17 ta xonadonda yashovchi 63 nafar fuqaro esa vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi.
Ayni paytda mutasaddilar tomonidan ushbu uy aholisini turar joy bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Chilonzor tumani «Naqqoshlik» MFY, Naqqoshlik ko‘chasi 3a-uy 1968 yilda qurilgan bo‘lib, unda jami 32 ta xonadon mavjud.


Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:13 / 29.04.2025