Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa qaytdi
Uning boyligi 192,3 milliard dollarga baholanmoqda.

Foto: AP Photo / Matt Rourke
Tesla va SpaceX asoschisi, shuningdek, Twitter egasi Ilon Mask Bloomberg talqini bo‘yicha sayyoramizning eng boy odamlari reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 192 milliard dollardan oshgan.
Mask LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arnoni ortda qoldirdi, uning boyligi 186,6 milliard dollarga baholanmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoradagi uchinchi eng badavlat odam Amazon asoschisi Jyeff Bezos bo‘lib, uning boyligi taxminan 144 milliard dollarni tashkil qiladi.
51 yoshli Maskning aktivlari joriy yilda 50 milliard dollardan ko‘proqqa oshgan. Bu ko‘p jihatdan uning Tesla kompaniyasi aksiyalari narxining oshishi tufayli sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

18:44 / 22.05.2025