Jahon | 11:55 / 01.06.2023
5135
3 daqiqa o‘qiladi

Vakillar palatasi AQSh davlat qarzi chegarasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Kongress Vakillar palatasi AQSh davlat qarzi chegarasini to‘xtatib turish uchun ovoz berdi, avvalroq mamlakat 5 iyungacha defoltga duch kelishi mumkin edi. Palataning 314 a’zosi qonun loyihasini yoqlab, 117 nafari qarshi ovoz berdi. Prezident Jo Bayden Senatni imkon qadar tezroq xuddi shunday ovoz berishni o‘tkazishga chaqirdi. Bu hafta oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Loyiha 2025 yilgacha davlat qarzi bo‘yicha cheklovlarni olib tashlaydi.

Respublikachilar palatasi spikeri Kevin Makkarti / Foto: Reuters

AQSh davlat qarzining yuqori chegarasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan keng ko‘lamli ikki partiyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan qabul qilindi: demokratlar va respublikachilarning ko‘pchiligi unga ovoz berdi. Vakillar palatasining 314 nafar a’zosi davlat qarzi chegarasini 2025 yilgacha to‘xtatib turish uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Reuters. Senat hafta oxirigacha qaror qabul qilishi kerak, shunda AQSh prezidenti qonunni ehtimoliy defolt sodir bo‘ladigan 5 iyun kuni imzolashi mumkin.

Vakillar palatasining 117 a’zosi qonun loyihasini Senatga yuborishga qarshi ovoz berdi. Bayden va Respublikachilar palatasi spikeri Kevin Makkarti o‘rtasidagi murosaga erishilgan chora 71 respublikachining qarshiligiga sabab bo‘ldi, ammo 165 demokrat va 149 respublikachi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. 

Qonun loyihasi 5 iyun, dushanba kunigacha prezident tomonidan imzolanishi kerak. «Ushbu kelishuv Amerika xalqi va Amerika iqtisodiyoti uchun yaxshi yangilik. Men Senatdan uni imkon qadar tezroq qabul qilishni so‘rayman», — dedi Bayden ovoz berishdan keyin. Senatda har ikki partiya yetakchilari qonunni hafta oxirigacha qabul qilishga umid bildirishlarini aytdi. O‘zgartirishlar bo‘yicha ovoz berishning kechikishi masalalarni murakkablashtirishi mumkin. Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer shunday dedi: «Biz Vakillar palatasiga oddiy biror narsani qaytarib bera olmaymiz. Biz defoltdan qochishimiz kerak».

Qonun 2025 yilning 1 yanvarigacha federal hukumatdan qarz olish bo‘yicha chegarani (cheklovni) to‘xtatib qo‘yadi, ya’ni bu masala 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarigacha qoldiriladi. Bu kelgusi ikki yil davomida davlat xarajatlarining bir qismini cheklaydi, ayrim energiya loyihalarini tasdiqlash jarayonini tezlashtiradi, foydalanilmagan COVID-19 bilan kurashishga mo‘ljallanmagan mablag‘larni budjetga qaytaradi va oziq-ovqat yordami oluvchilarga qo‘yiladigan talablarni kengaytiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid