Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, 6 yoshli bolalar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan velomarafonda bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov, o‘yinlar o‘tkazildi.
Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilda maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirilgan.






Mavzuga oid
20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi
14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi
22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi
20:54 / 01.05.2025