Grigoriy Nizovskiy: «Acer mintaqaning har bir mamlakati ehtiyojiga moslashtirilgan sheriklik dasturlarini joriy etadi»

24–25 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Acer`ning sheriklik konferensiyasida kompaniyaning EEME mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy O‘zbekistonda sheriklar uchun joriy qilingan dasturlar hamda B2B va B2G segmentlar uchun eng yaxshi narxlar haqida so‘zlab berdi.
2022 yilda Acer’ning O‘zbekiston bozorida erishgan natijalari haqida
2022 yil O‘zbekiston bozorida yaxshi o‘tdi. Lekin hayratga qoldirmadi. Ichki baholashlarga ko‘ra, aylanma 12-13 mln AQSh dollari atrofida bo‘ldi, 2021 yilda 16 mln dollar bo‘lgandi. Raqamlar taxminiy, chunki mahsulotlarning bir qismini O‘zbekistondagi sheriklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natgan bo‘lsak, bir qismini bozor Dubaydagi distribyutorlardan sotib olgan. Ikkinchi holda biz yakuniy xaridor qaysi mamlakat bo‘lganligini aniqlashga qiynalamiz. Umumiy sur’atda tushumning qisqarishi 2022 yilda industriyaning natijalariga muvofiq keladi – u barcha ishtirokchilar uchun oson bo‘lmadi.
2020–2021 yillarda lokdaun to‘lqinida talab o‘sishi, binobarin, ishlab chiqarish kengayishi kuzatildi. Yuqori talab kutilmalari 2022 yilning birinchi yarmida katta miqdorda tovar chiqarilishiga olib keldi, ikkinchi yarim yillikda esa, bozor so‘na boshladi. Mahsulot keragidan ko‘payib ketdi, narxlar barqarorlikni yo‘qotdi, bu sheriklarda xavotir uyg‘otdi.
Kompaniya dasturlari distribyutorlarni qo‘llab-quvvatlaydi
Birinchidan, Acer an’anaviy ravishda sheriklarni kreditlash dasturi orqali qo‘llab-quvvatlaydi – biz tovarlarni oldindan to‘lovlarsiz jo‘natamiz.
Ikkinchidan, biz quyidagi segmentlar uchun mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni joriy etishni rejalashtirganmiz: yirik riteyl, ulgurji sotuvlar, savdo nuqtasi, kichik biznes uchun IT yetkazib beruvchi, tizim integratori. Har bir guruh bilan individual ishlaymiz, hamkorlikning optimal shartlarini taklif etamiz. Masalan, Acer mayda riteylga sotuvlar uchun bonus joriy qiladi, shuningdek nuqtalarni savdo jihozlari va POS-materiallar bilan ta’minlaydi.
Kichik va o‘rta biznesga tovar yetkazish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun, hatto kichik tovarlar partiyasi uchun ham, biz maxsus shartlar va narxlar taklif etamiz. Masalan, 10-15 ta noutbukli kichik tender uchun taklifni biz bir necha soat ichida shakllantirishga tayyormiz. Mutaxassislarimiz buyurtmachining talablariga javob beruvchi modelni tanlaydilar va eng yaxshi narxlarni taklif etadilar.
Acer – barcha mintaqada faol
Acer B2B va B2G segmentlari bilan ko‘p ishlaydi. B2Gʼda bu – avvalo, ta’lim sohasi. Ta’limga yetkazib berishning ustuvorligi – bu Acer global siyosatining bir qismi.
Keyingi 6 yil davomida biz Gruziya maktablari uchun noutbuk yetkazib beramiz. Har yili mamlakat hukumati 60 mingta noutbuk sotib olishga tender o‘tkazadi va bizning takliflar muntazam ravishda eng yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya yaqinda Gruziyaning qator davlat muassasalari uchun kompyuter va noutbuklar sotib olish bo‘yicha jamlanma tenderni yutib oldi.
Ozarboyjonda B2G-segmentida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, u yerda Acer`ning yig‘uv korxonasi ishlaydi, bu bizning moslashuvchanligimizni kuchaytiradi. Buyurtmachi protsessor, xotira kartasi kabi detallarning muayyan parametrlarini tanlashi mumkin, biz esa berilgan xarakteristikalar bo‘yicha hatto kichkina partiyada ham noutbuk va shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara olamiz. O‘tgan yilda Ozarboyjon B2G-segmentidagi sotuvlarimiz taqriban 20 ming dona mahsulotga teng bo‘ldi. Acer`ning Dubaydagi Yaqin sharq ofisi ham bir necha yildan beri Alef Education nomli yirik ta’lim loyihasi uchun xrombuklar yetkazib berish tenderini yutib keladi.
Acer imkoniyatlari yanada kengroq
Acer EEME uchun 4 ta ustuvor yo‘nalishni ajratib ko‘rsataman. Birinchisi – SpatialLabs kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan yuqori texnologik yechim. Bu real vaqt rejimida sahnalarni renderlash texnologiyasi bo‘lib, foydalanuvchiga 3D-tasvirni maxsus ko‘zoynaksiz ko‘rish imkonini beradi. Har bir ko‘z qorachig‘i uchun datchiklar o‘z manzarasini generatsiyalaydi, bu bilan 3D-effektni yaratadi. 4K displeyi zichligi hisobiga, tasvir yorqin va dona-dona chiqadi. SpatialLabs texnologiyasi geymerlar va kontent yaratuvchilar imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek murakkab muhandislik yo‘nalishlarida va o‘quv simulyatsiyalarida katta salohiyatga ega.
Ikkinchi ustuvorligimiz sayyoraviy ko‘lamga ega. Bu Acer Vero eko-oilasi bo‘lib, qayta ishlangan plastikdan foydalanish tufayli atrof-muhitga yuklamani kamaytiradi.
Uchinchi yo‘nalish – kompyuter aksessuarlari oilasini kengaytirish. Biz trend ranglardagi dizaynerlik aksessuarlarini joriy qilamiz.
Va oxirgisi – Acer`ning nokompyuter tovarlari. Joriy yil aprel oyida ular butun dunyo bo‘ylab umumiy tushumning 34,6 foizini keltirdi. Bu – kiberxavfsizlik, tizim integratsiyasi, bulutli yechimlar, aqlli shahar va transport sohasidagi yechimlar, shuningdek tibbiyot jihozlari, havo va suvni tozalash uskunalaridir.
O‘zbekiston bozori uchun dolzarb yechimlar
Men elektr samokatlar va elektr velosipedlarda salohiyat ko‘ryapman. Bu transport turlari markazda yashovchi va ekologiya hamda salomatlik haqida qayg‘uruvchi shaharliklar uchun qulay. Inson jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanadi, tirbandliklarda turmaydi, avtoturargoh mummosiga duch kelmaydi.
ES Series 5 elektr samokati bitta zaryadda 65 km gacha yura oladi, bu uni shahar bo‘ylab uzoq sayrlarga mos kelishini ta’minlaydi. ES Series 3 elektr samokati yengil bo‘lgani sababli, boshqa turdagi transportlar bilan uyg‘unlashadi. Foydalanuvchi u bilan osongina avtobusga chiqadi yoki metroga tusha oladi. ES Series 1 yig‘ma rulga ega, bu esa, ushbu modelni yig‘ib, yukxonaga solish imkonini beradi.
Yana bu yil yangiligi – Acerpure Pro Vero havo tozalagichi ham O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘ladi. Moslama havo sifatini tahlil qiladi va mustaqil ravishda mos filtratsiya rejimini tanlaydi. Chang bo‘ronlari sharoitida havoni zararli moddalardan tozalash ayniqsa muhim.
O‘zbekiston bozorida kulrang qurilmalar sotuvining sustligi va mahsulotlar kafolati masalasi ko‘p bora ko‘tariladi. Albatta, kulrang bozor biz uchun, ishlab chiqaruvchi sifatida, muayyan noqulayliklar tug‘diradi. Ammo biz har doim xaridor tarafida bo‘lishga intilamiz. Agar muammo texnik xarakterga ega bo‘lsa, sheriklik servis markazi uni hal qiladi. Ehtiyot qismlarini almashtirish – boshqa masala. Agar muayyan model O‘zbekiston uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa, servis markazi uning uchun butlovchi qismlar olmaydi va bizning kuchimiz bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston bilan bog‘liq rejalar haqida
Biz O‘zbekiston bozorida yanada kengayishni rejalashtirganmiz. Agar Acer`ning mintaqadagi tarixi tahlil qilinsa, kompaniya hech qachon portlovchi o‘sishni namoyish etmaganligini ko‘rish mumkin. Bizning kuchimiz xotirjam, asta-sekin olg‘a intilishdan iborat. Biz yildan yilga sifatli mahsulot chiqaramiz, astalik bilan sheriklar hamda yakuniy foydalanuvchilar o‘rtasida taniqlilik va obro‘ga ega bo‘lib boramiz. 2023 yil uchun maqsadimiz – O‘zbekistondagi aylanmani 10-15 foizga oshirish va e’lon qilingan sheriklik dasturlarini muvaffaqiyatli joriy qilish.
Reklama
Mavzuga oid

19:00 / 28.08.2023
To‘g‘ri tanlov: shaharda sayr uchun elektr samokat qanday tanlanadi?

22:48 / 04.01.2023
Acer kompyuterda ishlash uchun mo‘ljallangan mashq velosipedini taqdim qildi

12:10 / 22.04.2019
Taxt uchun kurash: Acer dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar qalbidan o‘rin olish maqsadida kurash boshladi

14:35 / 14.09.2018