Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden AQSh HHK akademiyasi bitiruv marosimida yiqilib tushdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradoda Harbiy-havo kuchlari akademiyasi bitiruvchilarini tabriklash chog‘ida sahnada yiqilib tushdi, deb yozadi New York Post.
Qayd etilishicha, Bayden sahnada yotgan qum to‘ldirilgan qopga qoqilib ketgan. Qo‘riqchilar o‘z vaqtida yetib kelib, 80 yoshli prezidentni oyoqqa turg‘azishdi.
Ko‘p o‘tmay, Oq uy ma’muriyati Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarining ahvoliga izoh berib, u "yaxshi holatda" ekanini ma’lum qildi.
Avvalroq, Bayden Pitsburgdagi (Pensilvaniya shtati) nutqidan keyin sarosimaga tushib qolgan va sahnadan chiqib ketish yo‘lini topa olmagandi.


Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025