Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quruq va issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi
O‘zbekiston hududi bo‘yicha hafta davomida kuzatilgan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 2-4 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati +34...+39 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iyun oyining boshidagi me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir. O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlarida ayrim yillarda havo harorati iyun oyining eng boshida +38...+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41...+43 darajagacha ko‘tarilgan.
Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda va cho‘l hududlarda 2 iyunda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 2-4 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Harorat +34...+37 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025