Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish xodimlari Bosh prokuratura akademiyasida malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning 2021 yil 28 iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 27-bandida Bosh prokuratura akademiyasi qoshida davlat organlari va tashkilotlarning jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, bunday xavf-xatarlarni boshqarish va ularni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish borasidagi kasb mahorati va malakasini muntazam ravishda oshirishni tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan, qaror bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar, shu jumladan ichki nazorat qoidalarini amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlari malakasini oshirish Bosh prokuratura akademiyasiga yuklatilmoqda.
Qaror qabul qilinishi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar, shu jumladan ichki nazorat qoidalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarining malakasi oshishiga, sohada huquqbuzarliklarning oldi olinishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?
16:42 / 03.02.2025
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi
10:03 / 03.02.2025