Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Odisha shtatida ro‘y bergan temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 233 kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 900 ga yaqin kishi.
Hindiston hukumati rasmiy bayonotida aytilishicha, Hovradan Chennayga ketayotgan "Koromandel ekspress" poyezdi Bahanaga bazaar bekati yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu stansiya hududida SMVB-HWH Superfast Exp tezyurar poyezdi Sir M. Visvesvaraya vokzali - Hovra yo‘nalishida relsdan chiqib ketdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025