Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada may oyida inflatsiya 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Turkiyada may oyida narxlar o‘sishi 2021 yil oxiridan beri eng past darajaga tushib ketdi. Yillik inflatsiya deyarli 40 foizni tashkil etdi. Yil davomida mehmonxonalar, kafelar va restoranlar eng ko‘p – qariyb 70 foizga, eng kami esa kiyim-kechak va poyabzal qimmatlashgan. May oyida inflatsiyaning pasayishiga Erdo‘g‘anning saylovlar oldidan mamlakat xalqiga va’da qilgan tekin gaz haqidagi gaplari sabab bo‘lishi mumkin.
Turkiyada may oyida inflatsiya 2022 yilning shu oyiga nisbatan 39,59 foizni tashkil etdi, deya xabar beradi Turkiya statistika instituti (Turkstat). Financial Times nashrining qayd etishicha, mamlakatda narxlar o‘sishi 2021 yil dekabridan beri eng past darajaga tushib ketdi. 2023 yilning apreliga nisbatan narxlar atigi 0,04 foizga, 2022 yil dekabriga nisbatan (2023 yil boshidan) 15,26 foizga oshgan. Turistlar uchun asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan mehmonxona, kafe va restoranlar yil davomida Turkiyada 68,98 foizga o‘sdi. Oziq-ovqat va ichimliklar 52,52 foizga qimmatlashdi. Yillik hisobda kiyim-kechak va poyabzal eng kam qimmatlashdi - 19,49 foiz.
2023 yil aprel oyida yillik inflatsiya 43,7 foizni tashkil etdi. May oyidagi pasayish, boshqa narsalar qatori, aprel va may oylari orasida uy-joy narxining qariyb 14 foizga kamayishi bilan bog‘liq. Turkstat o‘zining so‘nggi hisob-kitoblarida ushbu davrda gazning nol qiymatini hisobga oldi, deb yozadi FT. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an saylov oldidan Turkiya aprel oyida o‘z konidan gaz yetkazib bera boshlaganidan so‘ng, bir yil davomida uy xo‘jaliklariga har oy 25 kubometrgacha gazni tekinga yetkazib berishni va’da qilgan edi.
Narxlar oshishiga qaramay, asosiy stavkani pasaytirish va biznes uchun kreditlarni qulayroq qilishni talab qilgan Erdo‘g‘an siyosati tufayli Turkiyada inflatsiya tezlashdi. Erdo‘g‘an saylovda g‘alaba qozongach, Financial Times chet ellik sarmoyadorlarning «yoqimtoyi» deb atagan, Merrill Lynch kompaniyasida ishlagan Mehmet Shimshekni moliya vaziri etib tayinladi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, Shimshek Erdo‘g‘an bilan saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng uchrashuvda hukumatga qaytishi uchun shart sifatida pul-kredit siyosatini mustaqil tarzda olib borish imkoniyatini ilgari surgan. Shimshek Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari bilan bir qatorda moliya vaziri ham bo‘lgan, biroq 2018 yilda Erdo‘g‘an kuyovini Moliya vazirligi rahbari etib tayinlaganidan keyin vazirlar mahkamasidan iste’foga chiqqan edi.
Shimshekning tayinlanishi turk lirasining dollarga nisbatan qadrsizlanishini to‘xtata olmadi: vazir tayinlanganidan keyingi savdoning birinchi kunida valuta qiymati 1 foizdan ko‘proqqa pasaydi.
Mavzuga oid
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025