FT: Yevropa Ittifoqi Huawei'ga 5G tarmoqlaridan foydalanishni taqiqlamoqchi
Bryusselda, qator g‘arb davlatlari qilganidek, Yevropa Ittifoqidagi 5G tarmoqlarida Huawei uskunasidan foydalanishga taqiq joriy etish masalasi muhokama qilinmoqda.
Yevropa Ittifoqi sanoat sohasida josuslikda gumon qilinayotgan Xitoyning Huawei kompaniyasi uskunasidan 5G tarmoqlarida foydalanishga to‘liq taqiq joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 7 iyun, chorshanba kuni ismi oshkor etilmagan rasmiylarga tayanib, Financial Times nashri xabar berdi.
Taqiq, hatto kelishilgan taqdirda ham, Yevroparlamentning amaldagi tarkibining besh yillik vakolat muddati tugaguniga qadar, 2024 yilgacha joriy etilishi dargumon, deb yozadi FT. Yevropa komissiyasi taqiq bo‘yicha muhokamalarga izoh berishdan bosh tortdi.
2020 yilda Bryussel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga yuqori xavfli uskunalar yetkazib beruvchilarga cheklovlar qo‘yishni rasman tavsiya qilgan. Yevropa Ittifoqi Huawei'ni shunday kompaniyalar ro‘yxatiga kiritgan. Nashrning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlarining faqat uchdan bir qismi tavsiyalarga quloq solgan va Huawei kompaniyasining 5G muhim aloqa elementlaridan foydalanishini taqiqlagan.
"Bu juda kam. Bu ittifoqning kollektiv xavfsizligini himoyasiz qiladi", - dedi Yevropa Ittifoqining ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton aloqa vazirlariga. U Yevropa Ittifoqining Xitoyga texnologik qaramligini Rossiya Federatsiyasi energiya resurslariga qaramlik bilan solishtirgan.
Mavzuga oid
18:56 / 19.11.2024
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024