Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Generativ sun’iy intellekt bozori 10 yil ichida 1,3 trln dollargacha o‘sadi - Bloomberg
Bloomberg tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt bozori 30 barobardan ko‘proqqa o‘sadi va 2032 yilga borib 1,3 trillion dollarga yetadi. Ularning fikriga ko‘ra, bu bozor texnologik sektorning ish uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan portlovchi o‘sishni kutmoqda.
Bloomberg Intelligence tahlilchilarining hisobotida aytilishicha, generativ sun’iy intellekt bozorining daromadlari 2032 yilga borib 1,3 trillion dollargacha oshishi mumkin. Bu 2022 yilda 40 milliard dollarlik foyda keltirgan ushbu bozor hajmidan 32 baravar ko‘pdir.
Tahlilchilarning fikricha, generativ sun’iy intellekt sektori 10 yil ichida portlovchi o‘sishni boshdan kechiradi, bu esa texnologiya sektori ish uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, sektor 10 yil davomida 42 foizga o‘sishi mumkin, bu esa neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun infratuzilmaga, shuningdek, sun’iy intellekt modellari, reklama va boshqa xizmatlarga ega qurilmalarga bo‘lgan talabni tushuntiradi. Bloomberg prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellektni o‘qitish infratuzilmasi bozori 2032 yilga borib taxminan 247 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Hisobotda aytilishicha, bu vaqtga kelib raqamli reklamadan tushgan daromad 192 milliard dollarga, sun’iy intellekt serverlari daromadi esa 134 milliard dollarga yetishi mumkin. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy foyda oluvchilar Amazon bo‘limi, Alphabet (Google'ning bosh kompaniyasi), mikrochip ishlab chiqaruvchi Nvidia va Microsoft bo‘lishi mumkin.
Nvidia’ning bozor qiymati 30 may kuni chat-botlarning mashhurligi fonida daromadlar o‘sishi prognozidan so‘ng birinchi marta 1 trillion dollarni tashkil etdi, biroq keyinchalik pasaydi va 6 iyunda 967,5 milliard dollarni tashkil etdi. 24 maydan beri kompaniya aksiyalari deyarli 30 foizga o‘sdi: Nyu-Yorkdagi Nasdaq birjasi yopilishida ular bir qog‘oz uchun 391,71 dollarni tashkil etdi.
Generativ sun’iy intellekt mavzusi OpenAI kompaniyasi ChatGPT chat-botini taqdim etganidan keyin ommalashdi. Mart oyida mingdan ortiq ekspert sun’iy intellektning yanada kuchli tizimlarini o‘qitishni olti oyga to‘xtatib qo‘yishga chaqirdi. Ularning fikriga ko‘ra, umumiy xavfsizlik protokollarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur hamda ularning ijobiy ta’siri va risklarni boshqarishga ishonch mavjud bo‘lganda tadqiqotlar davom ettirilishi mumkin. Ochiq xatni imzolaganlar orasida SpaceX va Tesla asoschisi, OpenAI asoschilari va investorlaridan biri bo‘lgan Ilon Mask hamda Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak bor. Microsoft asoschisi Bill Geytsning aytishicha, sun’iy intellektni to‘xtatishga chaqirish muammoni hal qilmaydi. Uning fikricha, sun’iy idrok kuchidan qanday samaraliroq foydalanishga e’tibor qaratish kerak.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025