Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Qo‘nishga sabab tug‘uruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi.
Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Qo‘nishga sabab tug‘uruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
23:17 / 22.05.2025