Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari Italiya prezidenti Serjo Mattarrella va bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Tsyuy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi – O‘zbekiston prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025