Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi - qonun loyihasi
Yo‘l belgilari dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.
Adliya vazirligi tomonidan yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
«Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunga ko‘ra quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
- Taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
- Yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
- Yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.
- Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.
Qonun loyihasi muhokamasida fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid
16:42 / 24.03.2025
Qirg‘izistonda qoidabuzar haydovchilardan to‘xtatilgan joyda imtihon olinadi
18:29 / 16.03.2024
Dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun jazo yengillashtirildi
20:40 / 19.02.2024
Qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi
13:29 / 24.08.2023