Tojikiston rasmiysi YeOIIga qo‘shilish masalasi kun tartibida yo‘qligini bildirdi
Tojikistonning Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasi 2015 yildan beri muhokama qilinmoqda. Biroq, respublika rasmiylari aniq bayonotlardan tiyilyapti.
Dushanbe Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOI) qo‘shilish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda 7 iyun, chorshanba kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot va matbuot departamenti rahbari Shoxin Samadiy bir kun avval Tojikistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotlarini izohlab, aytib o‘tdi. Lavrov Markaziy Osiyoni Kreml va “kollektiv G‘arb” qarama-qarshiligining yangi jabhasi deb atab, Tojikiston tez orada “YeOIIga qo‘shilish foydasini o‘zi belgilashiga” umid bildirdi.
Shoxin Samadiy ta’kidlashicha, Tojikistonning YeOIIga integratsiyalashuvi na Sergey Lavrovning respublika prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvida, na mamlakat tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan muzokaralarda muhokama qilinmagan. "Tojikistonning YeOIIga kirishi masalasi kun tartibida emas. Dushanbedagi uchrashuvlarda faqat savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar hamkorlikni faollashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, davlatlarning o‘zaro hamkorligi masalalariga e’tibor qaratildi”, — dedi TASS agentligiga bergan intervyusida Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Tojikistonning Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan YeOIIga qo‘shilishi masalasi 2015 yildan beri muhokama qilinmoqda. Biroq, ittifoq mamlakatlari Tojikistonning eng yirik savdo sherigi (2022 yilda tashqi savdoning 44 foizini tashkil etdi) bo‘lsa-da, Dushanbe tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha bayonotlardan tiyilyapti.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
14:38 / 07.11.2024
«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
19:32 / 31.10.2024